Billi Rey Ayrik AQShning Tennessi shtatida 2009-yildan buyon qatl etilgan ilk mahbus bo‘ldi. Bu haqda Tennessean’ga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Ayrik 1986-yili 7 yoshli qizni zo‘rlagani va o‘ldirgani uchun sudlangan. 10-avgust, juma kuni o‘lim jazosi inyeksiya yordamida ijro qilindi. Ayrik 59 yoshda edi.
Qatl jarayonida o‘ldirilgan qizning oilasi, advokat va mahalliy hokimiyat vakillari ishtirok etgan. Ayrik 1916-yildan buyon Tennessi shtatida qatl etilgan 133-jinoyatchi bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchi qamoqxonada o‘tkazgan 32 yili mobaynida bir necha marotaba sudga o‘lim jazosini ijro qilishni to‘xtatib turishni so‘rab murojaat qilgan va o‘zini ruhiy kasal qilib ko‘rsatishga uringan.
Oxirgi marta sud 2014-yili o‘lim jazosini amalga oshirishni qoldirgan.
Izoh (0)