Britaniyalik o‘t o‘chiruvchilar noyob tabiat hodisasi — olovli tornadoning guvohi bo‘ldi. Bu voqea Derbishir grafligi, Svodlinkout shaharchasida joylashgan plastik mahsulotlar zavodi — Ravensbourn Plastics Ltd’da yuz bergan yong‘inni o‘chirish vaqtida sodir bo‘ldi, deb yozadi “Meduza”.
Sovuq hamda issiq havo to‘qnashuvi natijasida sodir bo‘lgan olovli girdob 15 metr balandlikka ko‘tarildi. Uning tutunini esa 40 kilometr masofadan ham ko‘rish mumkin edi.
Korxona katta zarar ko‘rgan. Jabrlanganlar haqida hech qanday ma’lumot berilmadi.