21 mingdan ortiq kishi Turkiyaning Batman viloyati chegarasini o‘zgartirish borasidagi petitsiyaga imzo chekdi. Sababi esa ular xaritada o‘z shahri ko‘rinishni komikslar qahramoni Betmen logotipiga o‘xshashini istamoqda, deb yozadi Meduza.
Ammo Betmen va Batman o‘zaro umuman aloqasi yo‘q. Petitsiyasi Change.org saytida 2018-yilning iyul oyida Kemal Atakan Kyurja ismli foydalanuvchi tashkil etgan. U shunday yozadi: “Batmanga o‘zgarishlar kerak. Biz buni chegaralardan boshlashimiz mumkin. Chegaralarni o‘zgartirib, viloyatimizni haqiqiyroq qilishimiz mumkin”. Petitsiya muallifiga ko‘ra, Batman chegaralari quyidagicha ko‘rinish olishi lozim.
Petitsiyani qo‘llab-quvvatlovchilardan biri esa chegaralarni o‘zgartirish kam ekanligini ta’kidlab, Batman viloyati nomini qahramon Betmen yashagan Gotem nomiga o‘zgartirish kerak degan taklifni ham beradi.
Petitsiya katta ehtimol bilan Batman viloyati chegaralariga ham nomiga ham ta’sir etmaydi. Viloyat chegaralari xaritada quyidagicha ko‘rinadi.
Ma’lumot uchun Batman viloyati hozirgi nomini XX asr o‘rtalarida shu nomdagi daryo sharafiga olgan. Betmen haqidagi ilk komiks esa 1939-yilda nashrdan chiqqan.