7-avgust kuni soat 22:17 atrofida O‘zbekistonning bir qator shaharlarida yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda “Daryo”ga “Toshkent” seysmik markazi ma’lum qildi.
Zilzila epimarkazi Qirg‘izistonda bo‘lgani va bu yerda 5 magnitudali silkinish kuzatilgani bildirilmoqda.
Yer osti silkinishlari kuchi Toshkent va Gulistonda 2, Farg‘onada 2,5-3, Namangan va Andijonda 4 ballni tashkil etdi.