Qat’iy rejimli Amerika davlat qamoqxonasining qatl etishga hukm qilingan mahbusi o‘lim jazosi ikki marta kechiktirilgach, jazoni ortiq kuta olmasligini ma’lum qildi, deb yozadi The Reno Gazette Journal.
2007-yilda Skott Doyzer Las-Vegas mehmonxonasida 22 yoshli yigitni o‘ldirib, tanasini bo‘laklarga bo‘lib tashlagani uchun o‘lim jazosiga mahkum etilgan edi. 2017-yilda Doyzer hukm ijro etilishini talab qildi, bungacha qatl ikki marta qoldirilgan edi.
Shafqatsiz qotillikda rasman aybdor deb topilgan erkakni Nevada shtatida o‘lim inyeksiyalarini qo‘llash mumkin-mumkin emasligi haqida davom etayotgan bahs-munozaralar tufayli qatl eta olishmayapti.
Uning ishi bo‘yicha navbatdagi muhokamalar 10-sentabrga qoldirildi. Doyzer juda charchaganini tan oldi va hukm ijrosini kutishni haqiqiy qiynoq deb atadi.