Jahon banki 2-avgust kuni Markaziy Osiyo bo‘yicha ma’ruza e’lon qildi, unga ko‘ra, mintaqadagi mamlakatarga nafaqat qurg‘oqchilik va haroratning keskin o‘zgarishlari, balki suv toshqinlari, yer o‘pirilishlari, sel kabi bundan-da qo‘rqinchliroq hodisalar xavf solmoqda. Bu haqda SNG.Today xabar bermoqda.
Tahlilchilar ta’kidlashicha, favqulodda vaziyatlar Markaziy Osiyoga jiddiy zarar yetkazishi mumkin, chunki mintaqa aholisining qariyb to‘rtdan biri qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qiladi.
Misol sifatida mutaxassislar Tojikistonda 2000—2001-yillarda kuzatilgan vaziyatni keltirib o‘tdi, o‘shanda qishloq xo‘jaligiga berilgan zarba respublika yalpi ichki mahsulotining 4,8 foizi hajmidagi talafotlarga olib kelgan edi.
Yetti yildan keyin esa qish qattiq keldi va odamlar orasida o‘limlarga, isinish uchun yoqilg‘i va elektr energiyasi yetishmasligiga olib keldi.
Ekspertlar ta’kidlashicha, ko‘pincha yer o‘pirilishlari va sellardan mintaqa janubi jabr ko‘radi, bu esa savdo rivojlanishiga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi.
Izoh (0)