Financial Times an’anaviy mamlakatlar reytingini — investitsiyalar orqali fuqarolik olish dasturlari bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotnomani e’lon qildi, deb yozadi “Kommersant.uk”.
Reytingga 12 ta davlat — Antigua va Barbuda, Avstriya, Bolgariya, Kamboja, Komor orollari, Kipr, Dominika, Grenada, Malta, Sent-Lyusiya, Sent-Kits va Nevis hamda Vanuatu kirdi.
Tahlil yettita ko‘rsatkich bo‘yicha olib borildi, bular — ko‘chib yurish erkinligi, hayot darajasi, minimal investitsiya xarajatlari, majburiy safarlar yoki yashash zaruriyati, fuqarolik olish uchun vaqt, fuqarolikni rasmiylashtirish jarayonining oddiyligi va ishonchlilik jihatidan yuridik tekshiruv.
Karib havzasi mamlakatlari dasturlari reytingning yuqori beshligidan joy oldi. Birinchi o‘rinda Dominika joylashdi, u yerda iqtisodiyotga kiritiladigan sarmoyaning minimal qiymati 100 ming dollarga teng. Ikkinchi o‘rinni 150 ming dollar hajmidagi minimal investitsiya bilan Sent-Kits va Nevis egalladi.
Kipr esa Yevroittifoq fuqaroligini beruvchi mamlakatlar ro‘yxatida yetakchilik qildi, ushbu mamlakatning dasturi 2 million yevro hajmidagi minimal investitsiyalarni ko‘zda tutadi.