3—5-avgust kunlari “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi tomonidan “Yoshlar nigohi” shoiri ostida yoshlar forumi o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.
Forumda qo‘mita hududiy tizimidagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan 40 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etdi. Forum doirasida “Muammo va yechim” munozarasi, “Mening g‘oyam” viktorinasi, “Qo‘mita kelajagi yoshlar nigohida” mavzusidagi davra suhbati tashkil qilindi.
Shuningdek, qo‘mita raisi Abdushukur Abdullayev hamda uning o‘rinbosari Maqsud Ro‘zmetov bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Muloqot davomida yoshlar tomonidan berilgan takliflar qo‘mitaning 2019-yilgi dasturiga kiritiladi.
Forumda yoshlar 2050-yilga sayohat qildi va geodeziya, kartografiya, kadastr yo‘nalishlari bu davrda qanday holatda bo‘lishi to‘g‘risida bashorat qildi.
Ularning bashoratiga ko‘ra 2050-yilda:- O‘zbekistonning 10 dan ortiq kosmik yo‘ldoshi bo‘ladi;
- Yer, geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishi bo‘yicha alohida ta‘lim muassasalari faoliyat yuritadi;
- Kadastr o‘lchamlarini aniqlab, chizmasini skaner qilgan holda shakllantiruvchi uskunalar paydo bo‘ladi;
- O‘zbekistonning Oyda o‘z maydoni bo‘ladi;
- Yer maydonining 50 foizi sug‘oriladigan yerlarga aylantiriladi.
Izoh (0)