• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    IIV hay’atining navbatdan tashqari majlisida “Jinoyatga qarshi kurashish haqiqati va adolati” tizimini joriy etish masalasi muhokama qilindi

    Ichki ishlar vaziri general-mayor Po‘lat Bobojonov raisligida vazirlik hay’atining videoselektor tarzidagi navbatdan tashqari majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident devoni mas’ul xodimlari, Bosh prokuror Otabek Murodov, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining rahbar xodimlari, hududlardagi prokurorlar va ichki ishlar organlari boshliqlari ishtirok etdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Joriy yilning 6 oyi davomida ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish, xalqimizning tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlash, jinoyatchilikning o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilishi natijasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan respublika bo‘yicha jinoyat sodir etish holatlari 13 ming 599 taga yoki 38,67 foizga, jinoyat qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlar esa 8 ming 568 taga yoki 38,86 foizga kamaydi.

    Yig‘ilishda Prezident raisligida 27-iyul kuni o‘tkazilgan majlisda ko‘tarilgan muhim masalalar, jumladan, “Jinoyatga qarshi kurashish haqiqati va adolati” tizimini amaliyotga keng joriy etish masalasiga alohida to‘xtalib, sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatlarni fosh etish va jazo muqarrarligini ta’minlashda qonuniylik, adolatlilik va tezkorlik prinsiplari ustuvorligini so‘zsiz ta’minlash, ortida inson taqdiri bo‘lgan har qanday jinoyatga, uning og‘ir-yengilligidan qat’iy nazar, katta e’tibor bilan yondashish va uning chin sabablarini aniqlab, bartaraf etish choralari o‘z vaqtida ta’minlanishi lozimligi ta’kidlandi.

    Ayrim hududlarda oila-turmush doirasidagi va voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi jinoyatlar soni yuqoriligicha qolayotganligi sabablari yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining axborotlari tinglandi.

    Oila-turmush, qarindoshchilik va qo‘ni-qo‘shnichilik munosabatlarida kelib chiqayotgan kelishmovchiliklar qotillik, tan jarohati yetkazish kabi o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyatlarni keltirib chiqarish holatlari barcha hududlarda ham kuzatilayotganligini hisobga olib, ularning barvaqt oldini olish va jinoyatni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlarni o‘z vaqtida bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar mahalla, xotin-qizlar qo‘mitasi, yoshlar tashkilotlari, mas’ul davlat idoralari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yaqin hamkorlikda o‘tkazilmayotganligi, muqaddam sudlanganlar bilan profilaktik ishlar talab darajasida olib borilmayotganligi qayd etildi.

    Yo‘l-transport hodisalari, ayniqsa inson o‘limi bilan bog‘liq holatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarning samarasizligi, yo‘l belgilarini hatlovdan o‘tkazish, ularni zamonaviy qoplamali yo‘l belgilari bilan almashtirish borasidagi ishlarni tashkillashtirishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar bo‘yicha rahbarlarning hisobotlari eshitildi.

    Shuningdek, joylarda mulkiy turdagi jinoyatlar, o‘g‘irlik va firibgarliklarning oldini olishda maqsadli va manzilli tadbirlar o‘tkazishga e’tibor berilmayotganligi ta’kidlandi. Yig‘ilishda qo‘riqlash xizmati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar talabga javob bermayotganligi, aholi xonadonlari, tashkilot va korxonalar qo‘riqlovga olinishi yuzasidan targ‘ibot ishlari sust olib borilayotganligi yuzasidan e’tirozlar bildirildi.

    Majlisda hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ichki ishlar organlari rahbarlariga biriktirilgan sektorlarda Prezident va hukumat hujjatlarida belgilangan vazifalar to‘laqonli bajarilmayotganligi ham tanqidiy muhokama qilindi.

    Vazirlik hay’atida ichki ishlar organlari tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish masalasi ham alohida ko‘rib chiqildi. Barcha bo‘g‘indagi xodimlarning xizmat faoliyati ustidan kundalik idoraviy nazoratni kuchaytirish, ular tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning kelib chiqishiga chek qo‘yish, shaxsiy tarkib orasidagi ma’naviy-ruhiy muhitni sog‘lomlashtirish va tartib-intizomni mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar bo‘yicha qaror qabul qilindi.

    Yig‘ilishda faoliyatni samarali tashkil etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida qonunchilik va xizmat intizomiga rioya etilishini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan Ichki ishlar vazirligi va quyi tizim organlari rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Joriy yilning o‘tgan davrida xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan salbiy holatlar muhokama etilib, ularning kelgusida sodir etilishini oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Shuningdek, Toshkent shahrida joriy etilgan “Xavfsiz poytaxt” konsepsiyasi jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda samarali mexanizm sifatida o‘zini oqlayotganligi qayd etilib, mazkur konsepsiya doirasidagi chora-tadbirlarni respublikaning boshqa hududlarida ham sifatli tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.

    Yig‘ilishda ishtirok etgan O‘zbekiston Bosh prokurori Otabek Murodov o‘z ma’ruzasida ichki ishlar organlari tizimini isloh qilish bo‘yicha qabul qilingan qator qonun, farmon va qarorlar ijrosini ta’minlashda joylarda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganligini bayon qilib, ularning ayrimlari bo‘yicha bajarilmay qolayotgan tadbirlarni tanqidiy muhokama qildi. Ushbu hujjatlarning ijrosi ustidan nazorat bundan buyon yanada kuchaytirilishi, barcha bo‘g‘indagi rahbarlar ijro intizomiga qat’iy rioya etishlari, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashlari zarurligini ta’kidladi.

    Majlisda Ichki ishlar vaziri general-mayor Po‘lat Bobojonov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari ichki ishlar organlarining fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash borasidagi faoliyatini tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi.

    Hay’atning navbatdan tashqari majlisi kun tartibiga qo‘yilgan keyingi masalalar, xususan “Paxta-2018” mavsumi davrida jamoat tartibini saqlash, yong‘in hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligini nishonlash tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish, uni o‘tkazish davrida xavfsizlik choralarini belgilash masalalari ham ko‘rib chiqilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

    07.08.2018, 07:37   Izoh (0)   21030
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutiga yangi direktor tayinlandi

    06.08.2018, 19:55

    Shavkat Mirziyoyev Lombok orolida yuz bergan zilzila sabab Indoneziya prezidentiga hamdardlik bildirdi

    06.08.2018, 19:05

    5-avgustdagi test sinovlari natijalari e’lon qilindi

    06.08.2018, 18:15

    Qashqadaryodagi tuman MIB boshlig‘i pichoq bilan yetkazilgan jarohat asoratlari oqibatida vafot etdi

    06.08.2018, 18:05

    O‘zbekistondagi asosiy dori vositalarining ro‘yxati tasdiqlandi

    06.08.2018, 16:29

    Italiya kompaniyasi Toshkentda chiqindilarni qayta ishlaydigan zavod quradi

    06.08.2018, 16:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbek blogerlarining reklama narxlari: kimga qancha to‘laysiz?

    Madaniyat | 9 avgust, 08:30

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.