“Sen yolg‘iz emassan” fondi va “Umid rishtalari” fransuz uyushmasining 2015-yildan beri davom etib kelayotgan o‘zaro hamkorligi doirasida fransiyalik kardiojarrohlar tomonidan o‘zbekistonlik kam ta’minlangan oilalar farzandlari va Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, jami 86 ta murakkab yurak operatsiyasi amalga oshirilgan. Bu haqda Karimov fondining Facebookdagi sahifasida xabar berildi.“Sen yolg‘iz emasssan” fondining moliyaviy ko‘magi bilan ushbu jarrohlik amaliyotining 13 tasi Fransiyaning Nant shahridagi klinikada o‘tkazilgan.Yevropaning yetakchi kardiojarrohlaridan biri sanalmish professor Olivye Baron tomonidan o‘tgan hafta Fransiyada operatsiya qilingan uch nafar o‘zbekistonlik bola hozirda jarrohlikdan keyingi muolaja jarayonidan o‘tmoqda.
O‘zbekistonlik 86 ta bolaning murakkab yurak operatsiyasi fransiyalik kardiojarrohlar tomonidan amalga oshirildi
Mavzuga doir
×
Izoh (0)