Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) yonilg‘i-energetika sektorida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi Alisher Sultonov 1-avgust kuni tashrif bilan Toshkentga kelgan YTTB prezidenti Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.
YTTB rahbari O‘zbekistonning gaz-transport tizimini texnik qayta qurollantirish, modernizatsiya qilish va rivojlantirish dasturini moliyalashtirishda qatnashishdan bank manfaatdorligini bildirgan.
Yaqin vaqt ichida ushbu dasturni amalga oshirish, xususan, moliyalashtirishning dastlabki summasini belgilash bo‘yicha takliflar YTTBga taqdim etilishi haqida kelishuvga erishilgan.
Izoh (0)