Qashqadaryoda ikki singlisini urib, tan jarohati yetkazgan aka qo‘lga olindi
29-iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi A.B. ning uyida oilaviy janjal kelib chiqadi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.
Janjal oqibatida fuqaro birga yashovchi singillari 29 yoshli F.B. va 25 yoshli B.N.larning bosh va tanalarini turli joylariga obdasta bilan urib tan jarohati yetkazgan.
Natijada opa-singillar kasalxonaga yotqizilib, A.B. ushlangan.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar