Filippinda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida o‘nlab superkarlar yo‘q qilindi. Avtomobillarning umumiy qiymati 6,5 million dollarni tashkil etdi. Bu haqda mahalliy OAVlari ma’lum qildi, deb yozadi “Vesti”.
Lyuks avtomobillar buldozer bilan yanchib tashlangan. Ular orasida Lamborghini, Porsche va Mercedes bor. Hukumat ta’kidlashicha, ularning barchasi mamlakatga noqonuniy olib kirilgan.
Superkarlarning yo‘q qilinishini prezident Duterte shaxsan kuzatib turgan. Keyinroq u bu avtomobillarni noqonuniy import qilishga qarshi namunali aksiya bo‘lganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)