Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyning 28 ta provinsiyasida va muxtor hududlarida toshqinlar mavsumi boshidan buyon taxminan 23 million kishi toshqinlar ostida qoldi. Bu davr ichida toshqinlar oqibatida butun mamlakat bo‘yicha 86 kishi halok bo‘lgan, yana 11 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Xitoyda toshqinlarni va qurg‘oqchilikni nazorat qilish bo‘yicha milliy departament tomonidan ma’lum qilinishicha, tabiiy ofatdan ko‘proq mamlakat janubi-g’arbidagi Sichuan provinsiyasi va shimoldagi Ichki Mo‘g‘uliston avtonom hududi zarar ko‘rgan. Umumiy miqdorda mamlakat bo‘yicha 2,8 million gektar qishloq xo‘jaligi maydoni suv ostida qolgan, 30 mingdan ortiq uy vayron bo‘lgan.

Mamlakatga birdaniga bir nechta bo‘ron yopirilib, suv toshqinlari, ko‘chkilar va sellarni keltirib chiqargan iyul oyida qurbonlar soni ko‘proq va vayronalar kuchliroq bo‘lgan. Joriy mavsumda 12 ta to‘fon qayd etilgan bo‘lib, ulardan to‘rttasi Xitoyga yopirilgan. Mavsum davomida Xitoyning butun hududi bo‘ylab 283 ta yirik va kichik daryoda suv ko‘tarilishi qayd etilgan va ular asosiy toshqinlarni keltirib chiqargan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova