Meksika shtatlaridan birida jazirama oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Ulardan olti nafari quyosh urishi, yana bir nafari ozib ketish sababli vafot etdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Mamlakat IIV Meksikaning 640 dan ortiq shahrida favqulodda vaziyat e’lon qilishga qaror qildi.
Mansabdor shaxslarga kishilar oziq-ovqat, salqin yashash joylari va zarurat bo‘lganda tibbiy yordamga muhtoj bo‘lmasligiga ishonch hosil qilish vazifasi yuklatildi.
Issiq ob-havo 32 ta federal shtatdan 24 tasida kuzatilmoqda. Havo harorati kunduzi joylarda Selsiy bo‘yicha 45 darajadan oshmoqda. Jazirama 23-iyul, dushanba kunidan boshlandi. Yaqin vaqtda salqinroq bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)