Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda bo‘ldi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi.
Putin suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidentini tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi.
Shavkat Mirziyoyev Rossiyada futbol bo‘yicha Jahon Chempionati a’lo darajada o‘tkazilganini qayd etdi.
Rossiya prezidentining joriy yil kuziga mo‘ljallangan O‘zbekistonga davlat tashrifi kontekstida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibining ayrim muhim mavzulari ham ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti 24-iyul kuni 61 yoshga to‘ldi.
Izoh (0)