Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bugun, ​24-iyul sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 18-turi doirasida yana 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: PFL

Foto: PFL

Odatga ko‘ra kun taqvimidan 3 ta uchrashuv o‘rin olgandi.

Dastlabki o‘yin Jizzaxda “So‘g‘diyona” hamda “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida kechib, mazkur o‘yinda tomonlar golsiz durangga imzo chekdi.

Ikkinchi uchrashuv esa Farg‘onada “Neftchi” va “Qizilqum” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bellashuv taqdirini 62-daqiqada mehmonlarning turkmanistonlik legioneri Artur Gevorkyan tomonidan kiritilgan gol hal etdi. “Neftchi” esa navbatdagi mag‘lubiyatni o‘z maydonida qabul qilib oldi.

Turning so‘nggi hamda markaziy o‘yini Toshkentda bo‘lib o‘tdi. “Bunyodkor o‘z maydonida Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda hisob 32-daqiqada namanganliklar hujumchisi Ro‘zimboy Ahmedov tomonidan ochildi. 38-daqiqada esa yaqindagina katta futbolga qaytarilgan Dilshod Ahmadaliyev hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida esa “Bunyodkor” legioneri Filip Rayevats jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa 18-tur bellashuvlari ham yakuniga yetdi.

Foto: “Championat.asia”

Foto: “Championat.asia”

Pepsi Superliga

18-tur bellashuvlari

24-iyul, seshanba

“So‘g‘diyona” — “Lokomotiv” 0:0

“Neftchi” — “Qizilqum” 0:1

Gol: 0:1—62 Artur Gevorkyan.

“Bunyodkor” — “Navbahor” 2:1

Gollar: 0:1—32 Ro‘zimboy Ahmedov, 1:1—38 Dilshod Ahmadaliyev, 2:1—57 Filip Rayevats.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi