Xitoy shimolidagi Ichki Mo‘g‘iliston avtonom tumanida kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini 12 kishini hayotdan olib ketdi. Bundan tashqari, yana uch kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Mahalliy meteorologiya boshqarmasi xavfning eng yuqori “qizil” darajasini e’lon qildi. Shuningdek, aholi hududda yomg‘irlar yana bir necha kun davom etishi mumkinligi va bu suv toshqinlari va ko‘chkilarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.
Hukumat 9,3 ming mahalliy aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishga majbur bo‘ldi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, tabiiy ofat oqibatida yo‘llar yuvib ketilgan, 300 dan ortiq uy vayron bo‘lgan.
Iqtisodiy zarar 637 million yuanga (94 million dollar) baholanmoqda.
Izoh (0)