G20 sammitida jahon iqtisodiyotiga yaqin va uzoq kelajakdagi qanday omillar xavf solayotgani aytib o‘tildi. Bu haqda “RIA Novosti”ga tayanib, Sputnik xabar bermoqda.
Iqtisodiyotga xavf solayotgan omillar moliya vazirlari va markaziy banklar rahbarlari yig‘ilishi yakunida qabul qilingan kommyunikeda keltirib o‘tilgan.
Omillar qatorida o‘sib borayotgan moliyaviy zaiflik, savdo va geosiyosatdagi tarang vaziyatning avj olishi, tengsizlik va umumiy tizimdagi rivojlanish darajasining pastligi sanab o‘tilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, hozirda dunyo miqyosida ishsizlik darajasining so‘nggi 10 yil ichidagi eng past ko‘rsatkichi qayd qilinmoqda. Global iqtisodiy o‘sish darajasi esa barqarorligicha qolmoqda.
Hisobotda keltirilishicha, rivojlanayotgan mamlakatlar narx-navoning o‘zgaruvchanligi va kapitalning tashqariga chiqib ketishiga qarshi kurashmoqda.
O‘zbekistonda 1-avgustdan boshlab ishsizlik bo‘yicha sug‘urtalash tizimi joriy qilinadi. Tizim doirasida ishsiz, biroq o‘z biznesini boshlashni rejalashtirayotgan fuqarolarga to‘liq hajmdagi subsidiya to‘lanadi. Ularning yakka tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tishi xarajatlari to‘lab beriladi.
Izoh (0)