Birlashgan Arab Amirliklarining Atlantis Holiday turistik korxonasi asoschilari Samarqandga tashrif buyurdi. Ular viloyatning bir qancha turistik obyektlarida bo‘lib, boy tarixiy-madaniy merosga yuqori baho berdi, deb yozadi O‘zA.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Atlantis Holiday turistik korxonasi rahbari Rashid Mahmud Abdulrahim Alnuri Samarqand viloyatida kelgusida qurilishi rejalashtirilayotgan turistik obyektlar loyihasi bilan yaqindan tanishdi. Xususan, Imom al-Buxoriy majmuasi hamda Samarkand City loyihasi investorlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shu bois ham turistik korxonalar vakillari, restoranlar hamda mehmonxonalar rahbariyati ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida turizm sohasi bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yish, sohaga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikda ishlash yuzasidan kelishib olindi.
Izoh (0)