• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Livan shayxi Imom Buxoriyning xokini nega olib ketmoqchi bo‘lgandi?

    “Zarnews.uz” Imom Buxoriy mangu qo‘nim topgan maqbarani izlab kelgan va uning xokini olib ketmoqchi bo‘lgan Livan shayxi haqida maqola e’lon qildi. Uni to‘lig‘icha keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Zarnews.uz”

    Foto: “Zarnews.uz”

    O‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab arab davlatlari neftiga bo‘lgan qiziqish sobiq SSSR rahbariyatining “Musulmon olami bilan do‘stlik” shiorini olg‘a surishiga sabab bo‘ladi va shu asosda arab davlatlari bilan bog‘lanish choralari izlana boshlanadi. Dastlabki bosqichda bir darajada sovetlarga xayrixoh Livan davlatiga e’tibor qaratilib, rasmiy doiradagi ishlarga kirishiladi, taklif-u tashriflar boshlanadi. Ilk mehmon 1956-yilda Livanning taniqli siyosat va jamoat arboblaridan biri, parlament deputati, mamlakatdagi yetakchi “Jaridat Tarabul” – “Tarabulis” gazetasi sohibi Shayx Nadim al-Jisr bo‘ladi. Bu muhtaram zot tomoshatalab bo‘lmagan. U Imom Buxoriy mangu qo‘nim topgan maqbarani izlab kelgan.

    Kreml rejasiga ko‘ra, shayxni Moskvadagi oliy o‘quv yurtlariga, shuningdek, Kiyev, Yalta, Sochi shaharlariga olib borish mo‘ljallangan. Ammo mehmon takliflarni rad etib, asl maqsadi Imom Buxoriy qabrini ziyorat qilish ekanligini aytadi. Rasmiy doiralar tadbirlar qat’iy belgilanganini har qancha uqtirishmasin, mehmon o‘z niyatidan chekinmasligini, aks holda qaytib ketajagini bayon etadi. Qaytib ketish diplomatik aloqalarning barbod bo‘lishi ekanligidan cho‘chigan hukumat rahbarlari martabali mehmonning talabini qondirishga chora axtarishadi.

    Zudlik bilan SSSR Fanlar akademiyasidan Imom Buxoriy haqida ma’lumot olinib, Shayx Nadimni O‘zbekistonga olib borish rejalashtiriladi va O‘zbekiston rahbariyatiga bu haqda tezkor topshiriq beriladi.

    Toshkentdagilar Imom Buxoriy atalgan shaxs bo‘lsa, buxorolik bo‘ladi-da, gumoni bilan Buxoro viloyati rahbarlariga qo‘ng‘iroq qilib, ziyoratgohni shoshilinch tartibga keltirish topshirig‘ini beradi. Buxorodagilar Toshkentga “Qabr Samarqandda ekan”, degan xabarni yetkazishadi.

    Samarqand rahbariyati oyoqqa turib, qabrni axtarishga tushadi. Qabr Samarqand shahridan taxminan 15—20 kilometr uzoqlikda, Payariq tumanining Xartang qishlog‘ida ekanini bilishgach, borib ko‘rishsa, vayrona va tashlandiq bir joy. Tartibga keltirish bir-ikki kunlik ish emasdi.

    Bu holat haqida Samarqand Toshkentga, Toshkent esa Moskvaga xabar qiladi. Tepadagilar har qancha stolni mushtlashmasin, tezlikda epaqaga keltirishning iloji yo‘qligini bilib turar edi. Shuning uchun vaqtni cho‘zish chorasini o‘ylab topishadi. Ya’ni, Moskvadan Toshkentgacha poyezd 4 kunda yetib kelishi hisobiga vaqtdan yutib, ziyoratgohni hozirlash mumkin bo‘ladi.

    To‘rt kecha-yu to‘rt kunduz tik oyoqda qanchalik ishlanmasin, ishning adog‘i yo‘qdek edi. Samarqandning bu xususdagi zor-u nolasi Toshkentni cho‘chitadi. Aks holda, Moskvadan qanday “mukofot” tegishi ma’lum edi. Shayx Nadim yana bir kun Toshkentda ziyorat bahonasida ushlab turiladi. Ertasi kuni shayxni tongda Samarqandga samolyotda olib kelishib, shaharni bir kun tomosha qildirishadi. Aytishlaricha, mehmon haqiqatda obidalarga maftun bo‘lgan va Shohi Zindada Hazrat Qusam ibn Abbos qabri tepasida uzoq turib, ko‘zda yoshi bilan Qur’on tilovat qilgan.

    Buni qarangki, ziyoratlardan rosa toliqqan mehmon aynan shomdan keyin “Hazrati Imom mozoriga qachon boramiz?” deb so‘rab qoladi. Mezbonlar mamnuniyat bilan fursatni qo‘ldan bermay, zulmatli tunda uni Xartangga olib borib kelishga tutinadilar.

    Mashinadan tushar-tushmas Shayx Nadimni qattiq hayajon chulg‘aydi. Qabrgacha qolgan masofani bilgach, mehmon tiz cho‘kib, yerni o‘padi va Hazrati Imom mozori tomonga tizzalab boradi. Qabr qoshiga yetgach, yana yerni o‘padi. So‘ngra ko‘zida yosh bilan tongga qadar Qur’on tilovat qiladi.

    Tong otib, kun yorishgach, Shayx Nadim o‘zini nima uchun ataylab tunda olib kelishganlarini anglab, qabr va masjidning xarob ahvolidan ko‘ziga yosh oladi.

    Bu voqeani o‘rgangan shoir Xurshid Davronning yozishicha, “Toshkentgacha Shayx Nadim hech kim bilan gaplashmadi. Poytaxtga yetib kelgach, O‘zbekiston rahbari bilan uchrashtirishni iltimos qildi. Xabarlarga ko‘ra, shayx uchrashuvda shunday degan ekan: “Imom Buxoriy xoki turobini olib ketishga ruxsat beringlar, evaziga o‘sha tuproqning og‘irligi qancha bo‘lsa, o‘shanga teng hajmda tilla olib kelishga va’da beraman!”

    Shayx Nadimning ketardagi fikr-u xayolidan begonamiz. Ammo e’tibor haminqadarligicha qolgani bu – haqiqat. Nazarimda, shayx qabr va masjidning xarobaligidan ko‘ra, ma’naviy qashshoqligimizga ko‘proq achinib yig‘lagandek...

    Shukurki, har bir davrning, har bir jamiyatning ko‘ngli keng insonlari bor. Ular bilan olam muazzam va mukarram. Hazrat Buxoriy ana shunday zotlar qalbida bardavom yashab kelgan. 1956-yildan keyin 1986-yilda Sudan Bosh vaziri Sodiq Mahdiy, Jahon Islom tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Muhammad Nosir al-Abbudiy, 1987-yilda Malayziya Bosh vaziri Maxatxir Muhammad, Afg‘oniston Diniy ishlar va vaqf vaziri Abduljamil Zarifiy, 1988-yilda Marokash Islom ishlari va vaqf vaziri Abdulkabir al-Alviya al-Mag‘ribiy, Quvayt Islom yodgorliklari markazi direktori Shayx Xessa as-Saboh xonim, 1989-yilda Indoneziya Prezidenti Suxarto kabi aziz mehmonlar ana shular jumlasidandir.

    Imom Buxoriy haqida chin ma’noda qayg‘urgan Mustaqilligimiz asoschisi, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bo‘ladilar. Xartang qishlog‘idagi ziyoratgohda dastlab shu zotning tashabbuslari bilan tom ma’nodagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi va 1998-yilda birinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

    22.07.2018, 13:52   Izoh (0)   47953
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekenergo” AJ yoshlarni bo‘sh ish o‘rinlariga ishga taklif qiladi

    22.07.2018, 13:38

    “O‘zekspomarkaz”da yong‘in profilaktikasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

    22.07.2018, 13:13

    20 yildan buyon kapital ta’mirlanmagan Samarqand shahar markaziy shifoxonasidagi ahvol tanqid qilindi

    22.07.2018, 12:45

    Dunyoda tonirovka uchun eng qimmat narx qayerda?

    22.07.2018, 12:20

    Sirdaryo viloyatiga yangi bosh imom-xatib tayinlandi

    22.07.2018, 11:55

    So‘rov: o‘zbekistonliklar dollar kursi sentabr oxiriga kelib, 7600—7800 so‘m bo‘lishini kutmoqda

    22.07.2018, 11:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning inflyatsiya darajasi eng yuqori hududlari maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 12 may, 21:10

    Vinisius va Vaskes nomaʼlum muddatga safdan chiqdi

    Sport | 12 may, 21:06

    AQSH Ukrainaga “qabriston”dan olingan F-16 samolyotlarini yubormoqda

    Dunyo | 12 may, 20:55

    “Zuleyha” seriali yulduzi Hilal Altinbilek hozir qayerda va nimalar bilan band?

    Layfstayl | 12 may, 20:45

    Urganchga Xitoydan 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

    O‘zbekiston | 12 may, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.