IShID terrorchi guruhi Kobuldagi Hamid Karzay nomli aeroportda amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Portlash aeroportga Afg‘oniston vitse-prezidenti Abdulrashid Do‘stum kelganida amalga oshirildi. Do‘stumning bayonotiga ko‘ra, terakt oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi.
Aytilishicha, vitse-prezident aeroportdan chiqib, qo‘riqlash xizmati qurshovida zirhli avtomobilga o‘tirishga va voqea joyidan uzoqlashishga ulgurgan. Shundan keyingina portlash ovozi eshitilgan.
Izoh (0)