The Hollywood Reporter jurnali butun kino va multfilmlar tarixidagi eng mashhur 25 ta antogonistning (asosiy qahramonning dushmani) ro‘yxatini taqdim etdi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Reytingda birinchi o‘rinni “Yulduzlar jangi” filmidagi Dart Veyder egalladi. Uni eng mashhur salbiy qahramon sifatida Gollivuddagi turli yosh va kasb guruhlari e’tirof etgan.
Ikkinchi o‘rinni Entoni Xopkins tomonidan ijro etilgan Gannibal Lekter egallagan.
Uchinchi qatordan 1939-yilda “Mamlakatlar sehrgari” filmida Margaret Xemilton tomonidan ijro etilgan G‘arbning yomon alvastisi joy olgan.
So‘nggi o‘rinni “Matritsa” trilogiyasidagi agent Smit egallagan.
So‘rovda Gollivud kinosanoatining 1000 nafar vakili ishtirok etgan.
Izoh (0)