Yaqindagina Fransiya terma jamoasi bilan JCh—2018 da g‘olib bo‘lgan Pol Pogba klubdagi kelajagi borasida bir qarorga keldi, deb xabar bermoqda Tuttosport.
Manbaga ko‘ra Pogba “Yuventus”ga qaytishga qaror qilgan. U yangi mavsumni Joze Mourinyo qo‘l ostida boshlamoqchi emas. Pol qarorini agenti Mino Rayolaga ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun Pogba “Manchester Yunayted”ga 2016-yilda aynan “Yuventus”dan o‘tgan edi. Manchesterliklar uning transferi uchun 105 million yevro to‘lagandi.
Izoh (0)