Farg‘onada uy egasidan elektr energiyasi iste’molidan vujudga kelgan qarzdorlikni bartaraf etish uchun 2 850 000 so‘m pul olgan va pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan nazoratchiga sud hukmi bilan jazo tayinlandi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudi “Daryo”ga xabar berdi.
A.E. tuman elektr ta’minoti korxonasida Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda ishlovchi muhandis vazifasida ishlagan. A.E. tumanning Qo‘qonboy qishlog‘ida istiqomat qiladigan fuqarodan elektr iste’molidan bo‘lgan qarzdorlikni bartaraf etish uchun 2 850 000 so‘m pul olgan. Biroq bu pullarni korxona g‘aznasiga topshirmasdan, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Bundan tashqari, A.E. bir kishidan 352 000 so‘m, yana boshqa kishidan 100 000 so‘m pulni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
A.E.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan jazo tayinlandi.
Izoh (0)