“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent—Urganch—Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar beradi.
Qo‘shimcha qo‘yilgan №256/255-sonli poyezd joriy yilning 17, 19, 21, 23, 25-iyul kunlari Toshkent—Janubiy vokzalidan Urganch tomon soat 14:30 da harakatlanadi. 19, 21, 23, 25, 27-kunlari esa Urganch vokzalidan poytaxtga soat 10:00 da qaytadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni joylardagi hududiy temir yo‘l ma’lumotxonalaridan bilib olishingiz mumkin.
Izoh (0)