“Xavfsiz shahar” konsepsiyasiga muvofiq, Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi, Patrul-post xizmati bataloni hamda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari zamonaviy skuterlar bilan ta’minlandi. Bu haqda Buxoro IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Endilikda Buxoro IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi, Patrul-post xizmati bataloni xodimlaridan iborat bo‘lgan “Ezgulik patruli” xodimlari xavfsizlikni ta’minlashda skuterlardan foydalanadi.
Shuningdek, zamonaviy mototransport vositalari viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga ham berilgan.
Izoh (0)