16-iyul kuni Yevropa ittifoqi kengashi Yevropa Ittifoqining Xorijiy ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili uchun O‘zbekiston bilan sherikchilik va hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha direktivani tasdiqladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Yevropa Ittifoqi Kengashi xabarida qayd etilishicha, bo‘lg‘usi bitim siyosiy muloqot va islohotlar, qonun ustuvorligi, sud tizimi, erkinlik va xavfsizlik, inson huquqlari, migratsiya, savdo-sotiq hamda iqtisodiy va barqaror rivojlanish kabi sohalarni qamrab olishi lozim.
Yangi bitim ishbilarmonlik va investitsion muhitni rivojlantirish, tashqi siyosat hamda iqlim o‘zgarishi, korrupsiya va terrorizmga qarshi kurash kabi global chaqiriqlar masalalari bo‘yicha hamkorlikni ta’minlaydi.
Izoh (0)