Navoiy viloyati Nurota tumanidagi “Chashma” me’moriy majmuasida turizm infratuzilmasi yaratilmoqda, deya “Xalq so‘zi” gazetasi xabar berdi.
Yaqinda “Chashma” ziyoratgohi ro‘parasida “Nurota” mehmonxonasi ishga tushdi. 54 o‘rinli mehmonxona “Buyuk imorat qurilish” MChJ quruvchilari tomonidan bunyod etilgan. Shuningdek, mehmonxonaning tashqi va ichki qismlari qo‘qonlik, xorazmlik, jizzaxlik va qoraqalpoq ustalar tomonidan milliy uslubda bezalgan.
Loyihada majmua uchun jami 12 gektar maydon ajratilgan. Shu maqsadda “Chashma” hududidagi 150 xonadon ko‘chirilib, o‘rnida 2019-yil yakuniga qadar yana bir qator binolar bunyod etiladi.
Izoh (0)