Amerika yetakchisi Donald Tramp Shimoliy koreyalik hamkasbi Kim Chen Inni “buyuk shaxs” deb atadi. Bu haqda AQSh prezidenti Britaniyaning Daily Mail nashriga intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
“U bilan juda yaxshi kelishib ketdim. U juda aqlli, buyuk shaxs, u quvnoq va keskin, yaxshi muzokarachi”, — dedi Tramp.
“Albatta, u shafqatsiz, biroq xuddi boshqalar darajasida… Ishim tushadigan ko‘pchilik odamlar yetarlicha shafqatsiz kishilardir”, — dedi AQSh prezidenti KXDR yetakchisi shafqatsiz-shafqatsiz emasligi haqidagi savolga javob bera turib.
Avval dushman sifatida qabul qilib kelingan kishilar bilan muzokaralarni “Tramp doktrinasi” deb hisoblash mumkin-mumkin emasligi haqidagi savolga u shunday javob qaytardi: “Men tinchlikni istardim. AQSh urushlardan xolos bo‘lmoqda va ulardan chiqmoqda”.
Izoh (0)