Afg‘oniston qishloq tumanlarini rivojlantirish va qayta tiklash vazirligi darvozalari oldida xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgan portlash oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, 15 dan ortiq odam yaralandi. Bu haqda Afg‘onistonning 1TV telekanali xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Avvalroq Kobul politsiya boshqarmasi hodisa oqibatida o‘nga yaqin odam jabrlanganligi, halok bo‘lganlar borligi haqida ma’lum qilgan edi.
Vazirlik matbuot kotibining ma’lum qilishicha, portlash 15-iyul, yakshanba kuni, kunning ikkinchi yarmida binoning kirish qismida yuz bergan. Xudkush terrorchi vazirlik xodimlari ish kuni yakunlangandan so‘ng bino tark etayotgan paytda hujumni amalga oshirgan.
Hozircha mintaqadagi hech bir guruh hodisa uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)