1918-yilda rus imperatori Nikolay II va uning oila a’zolari otib tashlangan Ipatyevskiy uyining yerto‘lasidagi xona qayta tiklandi. Bu ish so‘nggi rus imperatori Nikolay II o‘limining 100 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan ko‘rgazma doirasida amalga oshirilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Fptp: “RIA Novosti”

“1918-yil davrining tarixiy sinishi” deb nomlangan ko‘rgazma Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 12—18-iyul kunlari ochiq bo‘ladi. Ko‘rgazmada qirol va uning yaqinlarining ordenlari, tangalari, oilani otib tashlash haqidagi qarorning va qatl ijro etilgan Ipatevskiy uyining buzilishi haqidagi qarorning nusxasi namoyish etiladi.