Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirish uchun hujjatlar abituriyentlar tomonidan sinov tariqasida Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilishi mumkin. Bu haqda “Daryo”ga agentlik jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.
Buning uchun pasport va o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat Xalq qabulxonalari huzurida faoliyat yurituvchi Davlat xizmatlari markazlariga topshiriladi. Hujjatning asl nusxasi egasiga qaytariladi.
Bu vaqt va yo‘l xarajatlari, turar joy bilan bog‘liq tashvishlarga barham beradi.
Ma’lumot uchun, 15-iyundan bugungi kungacha Toshkent davlat yuridik universitetiga 5 mingga yaqin abituriyent hujjat topshirgan.
Izoh (0)