Prezidentning Janubiy Koreya iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik Fondining moliyaviy ko‘magida “Milliy umumta’lim elektron kutubxona” loyihasini amalga oshirishga doir qaroriga asosan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Raqamlashtirish va skanerlash hamda Multimedia markazlari tashkil etilmoqda. Bu haqda Matbuot va axborot agentligining matbuot xizmati xabar berdi.
Matbuot va axborot agentligi Bosh direktori Laziz Tangriyev boshchiligidagi delegatsiya 9—15-iyul kunlari Seul shahrida o‘tkazilayotgan seminar-treninglarda ishtirok etib, Janubiy Koreya tajribasini o‘rganmoqda. Seminar elektron turdagi axborot-kutubxona resurslarini ko‘paytirish, ulardan internet tarmog‘i orqali foydalanish dasturini ishlab chiqish, elektron nusxalar hamda multimedia mahsulotlaridan masofadan turib foydalanishda jahon tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Izoh (0)