Germaniya Shlezvig-Golshteyn shifoxonasi mutaxassislari bo‘yinbog‘ taqish bosh miya qon aylanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini aniqladi. Tadqiqot natijalari Neuroradiology jurnalida chop etilgan, deb yozadi “RIA Novosti”.
Shifokorlar bo‘yinbog‘ bo‘yinturuq venalari va uyqu arteriyalarini siqib, organizmga salbiy serebrovaskulyar ta’sir ko‘rsatadi degan xulosaga keldi.
Tadqiqotda 30 nafar ko‘ngilli ishtirok etdi. Ularning yarmidan bo‘yinbog‘ taqish va unda magnit-rezonans tomografiyaga tushish so‘raldi. Qolgan bemorlar ham tekshiruvdan o‘tdi, biroq bo‘yinbog‘siz.
Bo‘yinbog‘ taqish natijasida miya qon aylanishi sezilarli darajada pasayishi aniqlandi.
Shifokorlar, shuningdek, ko‘plab kompaniyalar va kasblar dress-kodi bo‘yinbog‘ va yoqali ko‘ylakni ko‘zda tutishiga e’tibor qaratdi. Ish beruvchilardan hech biri uning zarari haqida bosh qotirmaydi.
Izoh (0)