Navoiyda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan to‘rt kishiga fuqarolik pasporti topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Davlat rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari hamda OAV vakillari qatnashdi.
Tadbirda mamlakatda ayni yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar insonparvarlik va bag‘rikenglik tamoyilining amaliy ifodasi ekanligini ta’kidlandi.
Fuqarolik pasportlarini topshirish marosimida Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov so‘zga chiqdi.
Izoh (0)