Bugun, 7-iyul sanasida futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon Chempionatining 1/4 final bahslari yakuniga yetadi. Kun taqvimidan 2 uchrashuv o‘rin olgan.
Kunning dastlabki o‘yini nimchorak finalda Shveysariya hamda Kolumbiyani qoldirib ketgan Shvetsiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasida kechadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. Uchrashuvni niderlandiyalik Byorn Kuypers boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.
Aziz muxlis, nima deb o‘ylaysiz? Germaniyani guruhda qoldirib ketgan Shvetsiya Angliyani ham mag‘lub eta oladimi? “Daryo” so‘rovnomasida ishtirok eting!
[playbuzz-item playbuzz_url="asrora10/germaniyani-guruhda-qoldirib-ketgan-shvetsiya-angliyani-ham-mag-lub-eta-oladimi"]
So‘rovnomaning yuklanishini biroz kuting!