Qohiradan janubdagi cho‘l hududi trassasida yuz bergan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, yetti kishi jarohat oldi. Bu haqda huquq-tartibot organlari ma’lumoti asosida Al Ahram nashri xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa 4-iyul kuni kechqurun al-Minya viloyati avtoyo‘lida yuz bergan. OAVga ko‘ra, yo‘lovchi mikroavtobusi va yo‘ltanlamas avariyaga uchragan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTHga har ikkala transport vositasi haydovchilarining tezlikka rioya qilmaganligi sabab bo‘lgan.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, Misrda YTHlar oqibatida har yili 12 mingga yaqin inson hayotdan ko‘z yumadi.
Izoh (0)