Joriy yil mart oyida Mus’hafi sharifning dastlabki nusxalari nashr etilib, o‘zbekistonliklarga yetkazilgan edi. Kalomullohning navbatdagi 10 ming nusxasi “HILOL NASHR” nashriyot-matbaa korxonasi tomonidan bosilib, hamyurtlarga havola etilmoqda.
Qur’oni Karim kitobi “HILOL NASHR” nashriyot-matbaasi tomonidan “Dorus-salom” nashriyotining rasmiy ruxsati bilan asliy nusxasi asosida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida chop etilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Mus’hafni 50 ming nusxada chop etishga ruxsat bergan.
Dastlabki nashr qilingan 10 ming nusxa kitob nashriyotning 7 ta do‘koni, shuningdek, hududlardagi hamkor kitob do‘konlariga belgilangan yagona narxi – 31 ming so‘mdan sotish sharti bilan tarqatildi va sotuvga chiqqan kunidayoq sotib tugatilgan edi.
5-iyul kuni erta tongdan “HILOL NASHR” nashriyot-matbaa bosmaxonasi oldida yana odamlar gavjum.
Qur’oni karimning narxi o‘zgarmagan holda sotilmoqda.
Izoh (0)