Pokistonda Jammu va Kashmir madaniyati akademiyasi tomonidan tashkil etilgan islom san’ati ko‘rgazmasida turli xattotlik usullarida va har xil qog‘oz va terilarga bitilgan Qur’on oyatlari havola etilmoqda. Bu haqda “Zarafshon” nashri xabar berdi.
Bir necha qadimiy qo‘yozmalar esa silliq Samarqand ipak qog‘ozida yozilgan.
Akademiya rahbari Muhammad Ashraf Kakning aytishicha, tadbirdan maqsad yo‘qolib borayotgan xattotlik san’atiga ommaning e’tiborini qaratishdan iborat.
Ko‘rgazmada qiziqarli nusxalarni ham uchratish mumkin. Masalan, ularning biri hindlar va musulmonlar hamkorligida yozilgan. Yana biri shafran qo‘shilgan oltin suvida bitilgan.
Izoh (0)