Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 5-iyul kuni Qozog‘istonga jo‘nab ketadi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Komil Allamjonov Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Davlatimiz rahbari 6-iyul kuni Ostona shahrining 20 yilligiga bag‘ishlangan yubiley tadbirida ishtirok etadi”, — deyiladi xabarda.
Qozog‘istonga tashrif chog‘ida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
Izoh (0)