4-iyul, chorshanba kuni Doniyar Otajonov “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi o‘rinbosarni tayinlash jarayonida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov, “Elektron hukumat” markazi direktori Zafar Rahmatullayev, direktorning birinchi o‘rinbosari Murod Rasulov va direktor o‘rinbosari Fayzulla Orifjonov hamda markaz xodimlari ishtirok etdi.
Doniyar Otajonov shu kunga qadar Axborot texnologiyari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “Elektron hukumat”ni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.
Izoh (0)