Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Time jurnali 2018-yilning internetda ta’siri eng kuchli bo‘lgan odamlaridan iborat reytingni taqdim etdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Foto: Time

Foto: Time

Onlayn-jamoatchilikka eng katta ta’sir o‘tkazgan va OAVlar diqqat markazida bo‘lgan 25 kishi orasidan shou-biznesning mashhur vakillari, ommabop blogerlar, siyosatchilar va hatto butun bir harakat ham o‘rin oldi. Ro‘yxatda ijobiy ta’sir o‘tkazganlar ham, noroziliklarga sabab bo‘lganlar ham bor.

Bu yil reytingga qo‘shiqchi Rianna, Snapchat aksiyalari narxini 4 foizga tushirib yuborgan Instagram posti, model va yosh ona Kayli Jenner, 17 yoshli qo‘shiqchi Ariel Martin — Baby Ariel, qurol aylanishi ustidan nazoratni kuchaytirishni yoqlab chiqayotgan parklendlik aktivist talabalar va hatto, Twitter’da ma’nodor bayonotlar berishni yaxshi ko‘radigan AQSh prezidenti Donald Tramp ham kirdi.

Internetda ta’siri eng kuchli odamlar orasidan, shuningdek, reper Kanye Uest, Koreyaning BTS pop-guruhi, Instagram-bloger Bizi Filipps, Filippinning #BabaeAko harakatiga a’zo ayollar, olti yoshli YouTube-bloger Rayan ham joy oldi.

Bundan tashqari, internetga “Yanny yoki Laurel” audioyozuvini joylagan talaba Roland Sabo, “nolga teng sabr-toqat” siyosatiga qarshi aktivistlar Sharlotta va Deyv Villner, yaponiyalik plyus-sayz model Naomi Vatanabe, YouTube yulduzlari Logan va Jeyk Pol va boshqalar ham reytingga kirdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)