Kichik korxonalar uchun belgilangan 1 milliard so‘mlik chegara juda katta. U 120 ming dollarga teng bo‘lib, ko‘pgina davlatlarda bu chegara ancha pastroqdir. Bu haqda Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o‘rinbosari Go‘zal Islomova yangi soliq konsepsiyasi muhokamasi chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi Spot.
Uning so‘zlariga qaraganda, kichik biznesning katta qismi “soyada” bo‘lib, kichik biznes ta’rifi va soliq stavkalari u yerda ishlaydigan odamlar soniga bog‘liqligi tufayli tinimsiz bo‘linadi.
Xalqaro moliyaviy institutlar kichik biznesni belgilashga bunday yondashuv kam samara berishini aytib keladi.
“Kichik biznes bitta oilani boqadi. Bu zavod yoki fabrikalar emas, balki yuqori texnologik yechimlarni talab qilmaydigan biznesdir”, — dedi Go‘zal Islomova.
Izoh (0)