Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining ekspert-jamoatchilik muhokamasi bo‘yicha konferensiya o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo”ga agentlik vakillari ma’lum qildi.

Foto: Loyiha boshqaruvi milliy agentligi

Foto: Loyiha boshqaruvi milliy agentligi

Muhokama “O‘zekspomarkaz” MKM AJ “Atrium” pavilyonida bo‘lib o‘tdi. Soliqqa tortish sohasidagi ekspertlar, biznes-hamjamiyat, diplomatik korpus, xalqaro moliya institutlari, yetakchi OAV vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar mamlakat prezidenti tomonidan imzolangan O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini muhokama etdi.

Muhokamalar davomida ishtirokchilar, soliq siyosatini takomillashtirish yo‘lida ushbu konsepsiyada ko‘zda tutilgan yechimlarni ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Prezidentining 29-iyundagi PF-5468-sonli farmonida belgilab berilgan tizimli muammolarga batafsid to‘xtalib o‘tdi. Boshqa masalalar qatorida quyidagilar esga olindi:

  • umumiy soliq to‘lovchilar uchun soliq yuki balandiligi;
  • qo‘shimcha qiymatga bo‘lgan soliqning oshirilgan stavkasi va samarasiz tizimi;
  • soliq to‘lovchilar tomonidan ishlovchilar haqiqiy sonini va mehnatga haq to‘lash fondini yashirishga olib keluvchi mehnatga haq to‘lash fondiga soliqlarning yuqori stavkasi;
  • nazorat faoliyatini amalga oshirish vaqtida tahlil va xavflarni boshqarishning aniq tizimi mavjud emasligi;
  • ma’muriylik mexanizmi samarasizligi tufayli mahalliy soliqlar va yig‘imlar yig‘ishning sustligi, ko‘chmas mulk va yer uchastkalari to‘liq hisobi va qiymatlarini obyektiv belgilashning mavjud emasligi va boshqalar.
Notiqlar o‘z chiqishlarida tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlariga o‘z izohlari va tushuntirishlarini berib o‘tdi. Ular qatorida:
  • iqtisodga soliq yuki darajasini pasaytirish;
  • soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ular sonini optimallashtirish;
  • makroiqtisodiy vaziyat barqarorligini va davlat byudjeti va uning kirimlarini shakllantirishning turg‘unligini ta’minlash;
  • soliq qonunchiligini soddalashtirish va normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish;
  • sofdil soliq to‘lovchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoyalashni kuchaytirish;
  • soliq qonunchiligi barqarorligini ta’minlash;
  • xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlarni saqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;
  • soliq nazorati shakllari va mexanizmlarini takomillashtirish.
Anjuman davomida shu narsa alohida ta’kidlandiki, O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi doirasida 2019-yil 1-yanvardan:
  • mehnatga haq to‘lash fondiga soliq yuklamasi, barcha jismoniy shaxslar daromadlariga 12 foizlik yagona soliq stavkasi joriy etilishi orqali, pasaytiriladi, shundan 0,1 foizi shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisoblariga yo‘naltiriladi, shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy badallari bekor qilinadi;
  • biznes uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 15 foizdan 12 foizgacha pasaytiriladi;
  • yuridik shaxslar aylanmalari (naqd pul tushumi) dan undiriladigan davlat maqsadli fondlariga majburiy ajratmalar bekor qilinadi, yuridik shaxslar foydasiga soliq stavkasi 14 foizdan 12 foizgacha, tijorat banklari uchun esa 22 foizdan 20 foizgacha pasaytiriladi;
  • qo‘shimcha qiymatga soliq stavkasining 20 foizlik hozirgi miqdori saqlab qolinadi, bunda soliq hisobi to‘laqonli tizimi joriy etiladi, soliqqa tortish bazasi aniqlashtiriladi, imtiyozlar soni kamaytiriladi va 2019 yil yakunlari bo‘yicha ushbu soliq stavkasi pasaytiriladi, va boshqalar.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)