Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari Suriyaning hukumat qo‘shinlari marralariga bomba tashladi. Bu haqda The Sunday Times’ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Voqea AQSh va Buyuk Britaniya qo‘shinlari joylashgan at-Tanf hududida yuz bergan. 227 kilogrammlik bomba Typhoon samolyotidan tashlangan. Hukumat qo‘shinlari zobiti halok bo‘lgan, 7 nafar harbiy jarohat olgan.
Bu — aprel oyidan buyon amalga oshirilgan birinchi aviazarba. Aprelda Buyuk Britaniya harbiy-havo kuchlari Suriya hukumatiga xayrixoh kuchlarga zarba bergan.
Buyuk Britaniya mudofaa vazirligida kimga nisbatan hujum uyushtirilgani oshkor qilinmagan. Biroq vazirlikda harbiy harakatlar avvalgi hujumlarga javoban amalga oshirilgani xabar qilingan.
Avvalroq, hukumat qo‘shinlari “Suriya ozodlik armiyasi” va harbiy-kosmik kuchlar bilan hamkorlikda “Jabhat an-Nusra” jangarilarining hujumini qaytargan. Bu haqda Rossiyaning Suriyadagi jang qiluvchi tomonlarni yarashtirish markazi ma’lumot bergan.
Izoh (0)