Niderlandiya janubida festivalga tashrif buyurganlar ustiga bostirib borgan furgon haydovchisi terrorchilik maqsadini ko‘zlamagan. Bu haqda NL Times nashri xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.
18-iyun, dushanba tongida kichikroq avtobus mamlakat janubidagi PinkPop musiqiy festivali tomoshabinlari ustiga yurib ketdi. Hodisa oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jiddiy jarohat oldi.
Mikroavtobus haydovchisi hodisa joyidan yashiringan, uni qidirishda Germaniya va Belgiya politsiyalari ham ishtirok etdi. Keyinroq haydovchining o‘zi aybini tan olib, Amsterdam politsiyasiga keldi. U qo‘lga olindi va hozirda Limburg politsiya bo‘limida.
“18-iyun, dushanba kuni odamlar ustiga yurib ketganlikda gumonlanuvchi 34 yoshli erkak terrorchilik maqsadini ko‘zlamagan”, — deydi prokuror vakili.
Izoh (0)