Urganchda er-xotin o‘rtasidagi maishiy janjal o‘lim bilan yakun topdi. Bu haqda “Daryo”ga jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi ma’lum qildi.
Urganch shahrida 1969-yili tug‘ilgan A. Babajanov turmush o‘rtog‘i N. Kariyeva bilan yigirma yildan buyon biga yashab kelgan. O‘rtalarida to‘rt farzand bo‘lishiga qaramay, kelib chiqqan oilvaiy kelishmovchiliklar natijasida u oshxona pichog‘ini N. Kariyevaning ko‘krak qismiga urib, hayoti uchun xavfli shikast yetkazdi. Natijada jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi.
Bo‘lib o‘tgan sud jarayonida A. Babajanov qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonlik bildirib, yengillik berishni so‘radi. Ammo unga qilmishiga yarasha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Izoh (0)