Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida 18-may kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018-yil fevral oyidan may oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Yangiariq mahallasida yashovchi “Safar ota” fermer xo‘jaligi ishchisi, muqaddam sudlangan I.F. firibgarlik harakatlariga qo‘l urdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U Buluch qishlog‘ida yashovchi G.S. ismli ayoldan 6 bosh qo‘y va 1 bosh qoramol, Chamanzor qishlog‘ida yashovchilar I.Sh.dan 25 bosh qo‘y, kasb-hunar kolleji o‘quvchisi L.K.dan 25 bosh qo‘y, Q.X.dan 6 bosh qo‘y va “Anvar Jovliyevich” fermer xo‘jaligi ishchisi A.R.dan 2 bosh qo‘ylarini sotib olishini aytib, savdolashib, aldash yo‘li bilan ishonchlariga kirib, pullarini bermasdan o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi.
Ko‘rilgan choralar natijasida I.F. ushlandi.
Izoh (0)