12-iyun kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida yashovchi pedagogika kolleji 3-kurs o‘quvchisi K.Q. yo‘l-trasport hodisasi sodir etdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
U o‘z boshqaruvidagi Nexia avtomobilini “Samarqand—Buxoro” yo‘nalishida haydab ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Sh.S.ga tegishli bo‘lgan Damas rusumli mashinaning orqa qismiga borib urildi.
To‘qnashuv natijada Damas yo‘lovchisi Sh.R. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)